Kasaba uyushmasi
Navoiylik energetiklar va ularning oila aʼzolari Xiva shahriga sayohat uyushtirishdi
  • 09.10.2023
  • 96

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi dam olish kunlari Xorazm viloyatining Xiva shaharlariga sayohat uyushtirishdi.

⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 52 nafar navoiylik energetiklar va oila aʼzolarining sayohat-ziyorat tadbiri filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>