OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bosh prokuratura: yoqilg‘i-energetika tizimidagi noqonuniy ulanishlar bo‘yicha reyd tadbirlari kuchaytiriladi
  • 10.10.2023
  • 95

Avval xabar berganimizdek, Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi Ishchi guruh Farg‘ona viloyati energetika obyektlarida o‘rganish o‘tkazgan, viloyatida faoliyat yurituvchi issiqlik elektr stansiyasidagi ishlab chiqarish jarayoni, elektr jihozlar hamda transformator punktlarini ta'mirlash sexlari, yuqori kuchlanishli elektr uskuna va jihozlarning mavsumiga tayyorgarligi o‘rganilgan edi.

Bu safargi manzil Navoiy viloyati. Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Navbahor va Nurota tumanlarida yoqilg‘i-energetika tizimidagi noqonuniy ulanishlar, elektr energiyasi va tabiiy gazni talon-toroj qilish va xo‘jasizlarcha foydalanish, o‘zboshimchalik bilan tarmoqlarga ulanish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd tadbirlarini kuchaytirish hamda aniqlangan qonun buzilishi holatlariga nisbatan murosasiz choralar ko‘rish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

▶️ Manba

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>