Kasaba uyushmasi
Tabriklaymiz, qutlaymiz!
  • 07.11.2023
  • 111

11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi bosh buxgalteri, Respublika kasaba uyushma kengashi nazorat-taftish komissiyasi aʼzosi Nagmanova Zamira Anvarovna kasaba uyushmalaridagi ko‘p yillik samarali mehnati uchun O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan "Eng namunali boshlang‘ich tashkilot" ko‘rik-tanlovining Respublika final bosqichida "Toshkent shahar MET" filiali kasaba uyushma qo‘mitasi faol ishtirok etib, faxrli o‘rinni egalladi.

Hurmatli hamkasbimiz Xodjamkuliyeva Narjemalni ham ushbu yuqori eʼtirof bilan samimiy muborakbod etamiz.

✍️  Nodira Xidirova, "O‘zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitalari raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>