Kasaba uyushmasi
Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi
  • 19.11.2023
  • 114

⚡️  “Toshkent shahar MET” filialida 246 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. Ulardan 31 nafari boshqa millat vakillari hisoblanadi: tojik, rus, uyg‘ur, grek, turkman, qozoq millatiga mansub energetiklar...

Konstitutsiyada belgilanganiday, barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan taniqli so’z ustalari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda batafsil “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” dasturida.

✍️ "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi
 
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida, “Toshkent shahar magistral  elektr tarmoqlari” filiali kasaba uyushmasining chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazildi.

Ushbu munosabati bilan taniqli so‘z ustalari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda batafsil «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» dasturida bayon qilingan.

⚡️ “Toshkent shahar magistral  elektr tarmoqlari” filiali direktori A.Rasulovning ta'kidlashicha, poytaxtimizda joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarga xizmat ko‘rsatuvchi jami 246 nafar ishchi-xodimlardan 31 nafari boshqa millat vakillari hisoblanadi: tojik, rus, uyg‘ur, grek, turkman, qozoq millatiga mansub energetiklar mehnat faoliyati yuritadi.

Ma'lumki, Konstitutsiyamizga muvofiq barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Sana munosabati bilan Filialda milliy kiyimlar ko‘rgazmasi, milliy taomlar tayyorlash musobaqasi hamda milliy-madaniy urf-odatlarning uyg‘un va farqli jihatlari muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbatlari uyushtirilgan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>