Yangiliklar
Surxondaryo viloyatidagi “Sherobod” podstansiyasi modernizatsiya qilinib, 366 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi
  • 21.12.2023
  • 153

Maʼlumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, obyektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Jahon banki ishtirokida Magistral tarmoqlarning podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi umumiy qiymati 292,15 mln AQSH dollarli PQ-3284-sonli qaroriga asosan 22 ta podstansiyalar doirasida Surxondaryo viloyati “Sherobod” podstansiyasida qiymati 11,7 mln AQSH dollari bo‘lgan “Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini qayta qurish va modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi yakunlanmoqda.

Loyiha doirasida “Sherobod” podstansiyasida jami 6 dona eskirgan transformatorlar zamonaviy yuqori quvvatli transformatorlariga almashtirilib, 366 MVA qo‘shimcha quvvat yaratildi. Shuningdek, 220 kV, 110 kV, 35 kV kuchlanishli jami 158 jamlanma eskirgan elektr uskunalari yangisiga almashtirildi.

O‘z vaqtida magistral elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini oshirish, iqtisodiyot sohalari isteʼmolchilari hamda Surxondaryo viloyati aholisini elektr quvvati bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, jismonan va zamonaviy texnologiyalar nuqtai nazaridan eskirgan qismlarni almashtirish hisobiga elektr uskunalarni mukammal taʼmirlashga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishildi.

✍️ Kapital qurilish boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>