Kasaba uyushmasi
«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filialida «Yilning eng yaxshi» nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi
  • 22.12.2023
  • 71

⚡️ «Toshkent MET» filialida o‘zining fidoyiligi, energotizim rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishi bilan birga kasb mahorati orqali hamkasblaridan ajralib turuvchi ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Misol uchun, «Toshkent MET» filialida «Yilning eng yaxshi podstansiya ustasi», «Yilning eng yaxshi navbatchi elektromontyori», «Yilning eng yaxshi navbatchi muhandisi», «Yilning eng yaxshi podstansiya chilangari», «Yilning eng yaxshi liniya xizmati uchastka elektromontyori», «Yilning eng yaxshi liniya xizmati uchastka ustasi», «Yilning eng yaxshi rele himoyasi xodimi» nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandilar.

Bundan tashqari, Tashakkurnoma, Faxriy yorliq hamda “O‘zbekiston MET” AJ «Energetika faxriysi» yorliqlari topshirildi.

✍️ Filial kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>