Yangiliklar
Joriy yilning shu kuniga qadar “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 9 ming 446 ta holatda iste'molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
  • 26.12.2023
  • 84

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboev ma'lum qildi:

767 mln metr kub tabiiy gaz (748 mlrd 600 mln so‘m) va 335 mln kilovatt-soat elektr energiyasi (251 mlrd 900 mln so‘m) talon-toroj qilingan. Buning natijasida davlat manfaatlariga jami 1 trln 500 mln so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

✅ Inspeksiya tomonidan iste'molchilarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha jami 10 ming 369 ga yaqin ob'ektlarning elektr ta'minoti loyihalari ekspertizadan o‘tkazilib, 7 ming 364 ta iste'molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulanishiga ruxsat berildi.

✅ Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga tegishli 3 ming 47 ta obyektning elektr ta'minoti loyihalari kelishildi.

✅ “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr tarmoq xo‘jaligi ob'ektlarining muhofaza zonalarida noqonuniy qurilgan 9 ming 57 ta obyekt aniqladi.

 

Batafsil

Telegram  |  Facebook  |  Instagram  |  Youtube  |  Меdiabank

Маnbа: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/40711

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>