OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bosh prokuratura: “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyalari oralig‘ida 110 kVt kuchlanishli kabel tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi
  • 10.02.2024
  • 52

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov tomonidan 2024-yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish  va boshqa davlat dasturlari ijrosi doirasida Toshkent shahridagi ob'ektlar o‘rganildi.

Xususan, shaharda 1 trln. 611 mlrd. so‘mlik 83 ta ijtimoiy soha ob'ektlarida qurilish ishlari olib borilishi belgilangan.

Loyiha hujjatlariga ortiqcha ish turlarini kiritilishini oldini olish, ishlarni belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida Yunusobod tumanida Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi, “Irrigatsiya va melioratsiya instituti” yotoqxonasi, Mirobod tumanidagi Oksana Chusovitina nomidagi gimnastika maktabi, Yakkasaroy tumanidagi “Gersen” nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali, Yangihayot tumanidagi 333-maktab va suv havzasi qurish ob'ektlarida bajarilgan qurilish ishlari o‘rganildi.

O‘rganishda, pudratchilarning jami 800 nafardan ortiq ishchilarini buyruqlari rasmiylashtirilib, soliq va bandlik organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, shahar elektr ta'minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha “Yangi hayot” podstansiyasi qurilishi, “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyalari oralig‘ida 110 kVt kuchlanishli kabel tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi.

O‘rganishda, podstansiya qurilishida loyiha hujjatlariga ortiqcha ish turlari kiritilganligi, pudratchi tomonidan qurilish ishlari sust olib borilayotganligi tanqid qilinib, loyihachi, buyurtmachi va pudratchi korxona rahbarlariga kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda ob'ektlarni foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga dastur doirasidagi qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga qabul qilinmagan ob'ektlarni qisqa muddatlarda ishchi komissiya tomonidan o‘rganilib, foydalanishga qabul qilish haqida topshiriq berildi.

Manba: https://t.me/uzbprokuratura/37061


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>