Qiziqarli xabarlar
Dunyodagi eng baland yog‘ochli shamol tegirmoni Shvetsiyada barpo etildi
  • 13.02.2024
  • 94

Dunyodagi eng baland yog‘ochli shamol turbinasi 150 metr balandlikda Shvetsiyada bunyod etildi.

Mutaxassislar konstruksiyani qurishning yangi texnologiyasini taqdim etishdi. Endilikda shamol tegirmonini qurish osonlashdi, chunki uni tashish oson bo‘lgan kichikroq qismlar bilan yig‘ish mumkin.

Yog‘och turbina «Wind of Change» deyiladi. U 400 taga yaqin xonadonni sof elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Qismlar qalinligi uch millimetr bo‘lgan 144 qatlamli yog‘ochdan yasalgan. Ushbu qismlar qurilish maydonida yig‘iladi, silindrlarga yopishtiriladi va keyin minora hosil qilish uchun bir-birining ustiga qo‘yiladi.

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/2394

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>