Kasaba uyushmasi
SAYYOR QABUL: Ishchi-xodimlarning yashash va mehnat sharoitida mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan uchrashuvlar
  • 19.02.2024
  • 102

Inson manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Yurtimizda halq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, eng avval, inson huquq hamda manfaatlarini ta’minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishdan iborat.

Murojaatlar bilan ishlash borasida asos solgan yangi tizim — ijtimoiy adolatni ta’minlash borasida o‘zbekona hayot falsafasi va milliy davlatchilik maktabiga xos barhayot an’analarning yangi taraqqiyot bosqichi bo‘lishi bilan birga, mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish yo‘lidagi strategik maqsadlarga erishishning qudratli vositasiga aylanmoqda.

Barcha obyektlarda xodimlar bilan uchrashish, ularning dardini eshitish va aniqlangan muommalarni bartaraf etish “2024-yil — Yoshlar va biznesni rivojlantirish” yili davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, Filialning 2024-yil 13-fevral kungi 17-sonli buyrugʻi ishlab chiqildi.

Bundan koʻzlangan maqsad: ishchi-xodimlarning yashash sharoiti va mehnat faoliyatida mavjud muommalarini eshitish va ularning yechimini topish uchun ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, amaliy yordam koʻrsatishdan iborat.

2024-yilning 16-fevral kuni Filial rahbari boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari “Ozodlik” podstansiyasining barcha xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Toshkent shahar MET” filiali rahbari A.Gʻ.Rasulov “Ozodlik” podstansiyasidagi olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida yig‘ilish qatnashchilariga gapirib berdi. Sayyor qabul shaffoflik bilan ochiq muloqojt tarzida, savol-javoblar asosida olib borildi. Barchani qiynayotgan muommalar atroflicha oʻrganilib, xodimlarning kayfiyatini koʻtarish asosiy maqsad boʻldi.

Kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi N.X.Xodjamkuliyeva 2023-yildagi kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan bajarilgan ishlar yil sarhisobi haqida gapirdi. Xodimlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Moliya va iqtisod guruhi L.A.Ismatullayeva MK-190-moddasiga asosan ish vaqtdan tashqari ishlagan, tungi vaqtda navbatchilik qilgan xodimlar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan toʻlovlar haqida yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga qonun doirasida javob berdi.

Xodimlarni jamlash va tayyorlash guruhi Z.D.Nigmanova MK-217 moddasiga asosan xodimlarga beriladigan mehnat ta’tili, MKga kiritilgan oʻzgartirishlar haqida tushuncha berdi.

Barcha ishchi guruh a’zolariga xodimlar tomonidan savollar berildi va qoniqarli javoblar olishti.

Uchrashuv soʻngida “Ozodlik” podstansiyasi ustasi S.Sh.Mamadaliyev modernizatsiya loyihasi asosida almashtirilayotgan elegaz qurilmalari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi.

Shuningdek, podstansiyaning texnik hujjatlari, estetik holati oʻrganildi.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>