Kasaba uyushmasi
Samarqandlik energetiklar va ularning oila a'zolari poytaxtning diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirishdi
  • 29.02.2024
  • 80

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturiga muvofiq, «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi joriy yilning 24–25-fevral kunlari Toshkent shahridagi  G‘alaba bog‘iga ekskursiya, so‘ng muhtasham san'at saroyida konsert dasturi hamda “MAGIC CITY” ko‘ngilochar markaziga sayohat uyushtirdi.

Tadbirining ikkinchi kuni  Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” va “Chimyon” dam olish oromgohlariga sayohat uyushtirishdi.

⚡️ Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi 50 nafar samarqandlik energetiklar va ularning oila a'zolari ishtirokida o‘tkazilgan sayohat-ziyorat tadbiri Filial kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>