Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 04.03.2024
  • 74

Toshkent viyoyati hududidagi L-20-Ks elektr tarmog‘ining navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi hamda 500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi yaroqsiz kabel kanali beton plitalarini yangisiga almashtirish jarayoni

«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruv raisi D.A.Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlar belgilangan tartibda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.

⚡️ Toshkent viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>