Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining himoya zonalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda
  • 07.03.2024
  • 64

Toshkent viloyati hududidagi 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L-2-Ch bo‘lgan elektr uzatish havo tarmog‘i himoya zonasi ostidagi daraxt shoxlarini tozalash ishlaridan fotosuratlar
 
«O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda mavjud elektr qurilma va jihozlar belgilangan tartibda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda bartaraf etilmoqda.
 
⚡️ Toshkent viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.
 
✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>