Kasaba uyushmasi
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
  • 03.09.2020
  • 212

  O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik bayrami munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan, kasaba uyushma qo‘mitasi mablag‘lari hisobidan, 6 nafar kishiga moddiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan:

  • • 4 nafar energetika tizimida ko‘p yillar ishlab, «Qashqadaryo MET» filialidan nafaqaga chiqqan xodimlar;
  • • 1 nafar saraton kasalidan davolanayotgan hamda 1 nafar qandli diabet bilan og‘riyotgan filial xodimlarga oziq-ovqat savatlari tashkil etilib, xonadonlarga  yetkazib berildi.

  Shuningdek, 6 nafar xodimlarga pul mablag‘lari ham tarqatildi.

  Bayram arafasida kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda filial rahbari Sh.Xolyorov, xodimlar bo‘limi yetakchi muhandisi N.Gadayeva va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi N.Yodgorovlar ishtirok etishdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>