Yangiliklar
Navbatdagi mavzu: Raqamli tok transformatorlarining asosiy ish tamoyillari. Optik tola
  • 11.03.2024
  • 67

Bugun, 2024-yil 11-mart kuni "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov tomonidan o‘tkazilgan ishchi tartibdagi yig‘ilish «Raqamli tok transformatorlarining asosiy ish tamoyillari: Optik tola» mavzusidagi ma'ruza bilan yakunlandi.

⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bordi.

Ishchi majlisdan keyin qisqa vaqt davom etgan ilmiy-amaliy mashg‘ulotda mutaxassis optik tolali tarmoqlar va raqamlashtirilgan elektr qurilmalari, bundan tashqari, ayni paytdagi istiqbolli rejalarga muvofiq 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqidagi yangiliklar bilan bo‘lishdi.

FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>