Kasaba uyushmasi
Hamkasbimiz xalqaro ko‘rik tanlovning final bosqichida 2-o‘rinni egalladi
  • 13.03.2024
  • 63

2022-yilning 23-avgust kuni Buxoro shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va “Qozog‘iston energetiklarining tarmoqlararo kasaba uyushmasi” jamoat birlashmasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, shuningdek, 2022-yilning 19–21-oktabr kunlarida Chimkent shahri va Turkiston viloyatida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tgan “Kasaba uyushmalari harakatida xotin-qizlarning bunyodkorlik ishlaridagi o‘rni” xalqaro seminari rezolyusiyasini amalga oshirish maqsadida “Yulduz” xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

“Yulduz” xalqaro ko‘rik-tanlovinining final bosqichida "O‘zbekiston MET" AJ "Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Aliya Shalbartaeva faxrli 2-o‘rinni egallagani munosabati bilan Filialda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda  A.Shalbartaevaga Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

✍️ “Qoraqalpog‘iston MET” filiali

>