OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Bo‘stonliq tumanida 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dala hovlilar aniqlandi
  • 20.03.2024
  • 45

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “T.S.” va “Ch.T.” oilaviy korxonasi rahbarlari “Do‘stlik” hamda “Chimgan” MFY hududidagi tijorat maqsadida foydalanib kelgan dala hovlilarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@Department_uz

Manba: https://t.me/Department_uz/6659

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>