Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari fuqarolar murojaati bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 28.03.2024
  • 43

Bugun, 2024-yil 28-mart kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriy binosida fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Bu safargi shaxsiy qabulda Buxoro viloyati Shofirkon tumanidan tashrif buyurgan ishlab chiqaruvchi korxona vakillarining murojaati tinglandi. Qabul davomida Xaridlar boshqarmasi, Axborot xizmati va murojaatlar bilan ishlashga mas'ul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 341-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomning 56-bandida Davlat organlari, tashkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi hamda bu haqdagi axborot rasmiy veb-saytlarida e'lon qilish belgilangan.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>