Yangiliklar
Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi “qoniqarli” deb topildi
  • 07.04.2024
  • 92

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022–2024-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasini 2023-yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining video-konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha filial rahbarlari, delegatlar, kasaba uyushma aʼzolari ishtirok etishdi.

Konferensiyaga «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi X.B.Elmurodov raislik qildi. Xoliq Boboyorovich 2023-yilda Aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotni o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha BKUQ raisi N.J.Xidirova hisobot berdi. Jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib boruvchi ikki tomonlama Komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma mazmuni o‘qib eshittirildi.

Konferensiyada tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolarining 5 nafari boshqa ishga o‘tgani sababli qo‘mita aʼzoligidan chiqarilib, ularni o‘rniga yangi aʼzolar saylandi. Shuningdek, Markaziy apparat kasaba uyushma qo‘mitasining tarkibiga ham o‘zgartirish kiritildi. Markaziy apparat kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Xadjimuratova boshqa ishga o‘tgani tufayli, uning o‘rniga Moliyaviy pul oqimlari boshqarmasi boshlig‘i E.Dustiyarov rais etib saylandi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishiga “qoniqarli” deb baho berildi. Barcha filiallarning delegatlari va kasaba uyushma qo‘mitasi aʼzolari konferensiya ishida faol ishtirok etishdi. Yig‘ilish yakunida ko‘plab savollarga javoblar olishdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>