Yangiliklar
Aziz hamyurtlar, hurmatli hamkasblar!
  • 10.04.2024
  • 68

Yaratganning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda Siz azizlarni mukarram Iyd ul-Fitr bilan tabriklaymiz.
 
Mehnatkash va sofdil xalqimizning moʻtabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin!
 
Bayram va unga ulangan dam olish kunlarida ham tunu kun xalqimiz xizmatida bo‘lgan mamlakatimiz energetiklari nomidan barcha-barchani ulug‘ ayyom bilan qutlaymiz!
 
Jonajon Vatanimizni, aziz xalqimizni Yaratganning O‘zi panohida asrasin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
 
Hurmat bilan,
 
Dadajon Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
 
 

Axborot xizmati

>