Prokuratura organlari tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati, Shahrixon tumanidagi “Y” MCHJ ish yurituvchisi A.X. va boshqalar tomonidan jamiyatga qarashli trikotaj mahsulotlari ishlab chikarish sexining maʼmuriy binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, kripto-aktiv va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirib kelinganligi natijasida 399 mln. so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan “Y” MCHJ ish yurituvchisi A.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda.
⏺ Manba
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati