Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyatining ishchi tartibdagi yig‘ilishlarida energetika sohasidagi innovatsion yangiliklar xususida maʼlumot berib borish anʼanasi davom etmoqda
  • 15.04.2024
  • 97

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi raisi hamda boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligida o‘tkazilayotgangan ishchi tartibdagi yig‘ilishlarda «Energetika sohasini raqamlashtirish: sohaga tatbiq etilayotgan innovatsion ishlanmalar va ularning mavjud tizim faoliyati bilan integratsiyasi» mavzusidagi maʼlumotlar bilan tanishtirib borish anʼanasi davom ettirilmoqda.

⚡️ Ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni texnika fanlari nomzodi Iso Sadullayev olib bormoqda.

Shuningdek, yig‘ilishlarda 2030-yilgacha O‘zbekistonda raqamlashtirilgan energetika obyektlarining ish faoliyatidan kutilayotgan samaradorlik ko‘rsatkichlari haqidagi fikr-mulohazalar tahlil etib borilmoqda.

 

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>