Yangiliklar
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati «ROSSETI» kompaniyasi delegatsiyasi bilan muhokamalar uchrashuvini o‘tkazdi
  • 30.04.2024
  • 46

Bugun, 2024-yil 30-aprel kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaquvov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining “ROSSETI” aksiyadorlik jamiyati shaklidagi federal tarmoq kompaniyasi bosh direktori Andrey Valerievich Ryumin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilindi.

Uchrashuvda energetika jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (ATCS) qurish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integratsiyalash va yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini qurish sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>