Yangiliklar
Energetika vazirligi Axborot xizmati: Murakkab ob-havo sharoiti tufayli kelib chiqqan nosozliklar bartaraf etildi
  • 19.05.2024
  • 53

Soat 10:00 holati boʻyicha mamlakatimiz boʻylab yuz berayotgan kuchli yomgʻir va shamol natijasida 6-10 kVli 190 ta fider 274 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.

Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlaridagi  66 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan vaqtinchalik uzilgan.

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Soat 10:40 da Buxoro viloyatidagi, 11:20 da esa Qashqadaryo viloyatidagi kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Soat 12:25 da Samarqand viloyatidagi kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Soat 12:25 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 195 MVt quvvat bilan o‘chgan 124 ta fider tarmoqqa qayta ulandi.

Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 47 mingta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi.

Soat 12:30 holatiga ko‘ra, kuchli shamol va shiddatli yomgʻir natijasida yurtimiz bo‘ylab 6-10 kVli 66 ta fider 79 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.

Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi 19 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida «T-2» transformatori 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan. Natijada Oʻzbekiston tumanidagi 750 ta isteʼmolchi va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan barcha nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Soat 14:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 210 MVt quvvat bilan o‘chgan 139 ta fider tarmoqqa qayta ulandi.

Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 50 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi.

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi «Yaypan» podstansiyasida 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan «T-2» transformatori ham tarmoqqa ulandi.

Soat 14:00 holatiga ko‘ra, kuchli shamol va shiddatli yomgʻir natijasida yurtimiz bo‘ylab 6-10 kVli 55 ta fider 71 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchiq qolmoqda.

Oqibatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi 17 ming 750 ta isteʼmolchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari vaqtinchalik elektr taʼminotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan mavjud nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Soat 15:07 da Jizzax viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Soat 19:10 da Xorazm viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Soat 20:00 holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida ham kuchli shamol hamda yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Shunday qilib, ayni paytda tabiat injiqligi bois o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, aholi iste’molchilari va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlandi.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/11482

https://t.me/minenergy_uz/11483

https://t.me/minenergy_uz/11484

https://t.me/minenergy_uz/11485

https://t.me/minenergy_uz/11486

https://t.me/minenergy_uz/11487

https://t.me/minenergy_uz/11488

https://t.me/minenergy_uz/11489

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>