OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"TOSHKENT SHAHAR MET" FILIALI TOMONIDAN MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARIGA YANGI YIL SOVG'ALARI TARQATILDI
  • 30.12.2020
  • 645

   Mehr-saxovat ko'rsatish xalqimizga xos fazilat, ayniqsa ko'ngli yarim insonlarga g'amxo'rlik ko'rsatish ulug' saodat hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz hamda saxovatli kishilar tomonidan aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar fikrimiz dalilidir.

   "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan yangi yil bayrami arafasida Chilonzor tumanida joylashgan A.R.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga bayram sovg'alari tarqatildi.

"Toshkent shahar MET" filiali

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
t.me/uzmetaxborotxizmati

>