Yangiliklar
Yuqori-Chirchiq tumanida 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 05.03.2021
  • 657

  Avval xabar berganimizdek, Koreya energetika agentligining (KEA) beg'araz mablag'lari hisobiga Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq tumanidagi "Nuri zamin" MFY hududida kichik quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlangan edi.

 

Bugun, 5-mart kuni O'zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligi doirasida barpo etilgan 40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

 

 

  Ushbu stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

  Ma'lumot uchun: Joriy yil oxiriga qadar 2 ta 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi.

 

Manba: @minenergy_uz

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati
Kanalga a'zo bo'lish uchun  t.me/uzmetaxborotxizmati

>