OAV va jamoatchilik bilan ishlash
"Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali: "Sizga ta'zim, sizga ehtirom!»
  • 06.03.2021
  • 553

Ayol — mehribon ona, vafoli yor, sadoqatli uy bekasi. U Yaratganning buyuk mo''jizasi.

 

  Hayot davomiyligini o'zida mujassam etgan ayol zotini, tabarruk onalarni har qancha ulug'lamaylik, so'zimizning adog'i topilmaydi.

  O'zining latofati, nafosati, vafo va sadoqati, qalb saxovati hamda fidoyiligi bilan oilani, jamiyatni charog'on qilib kelayotgan xotin-qizlarimiz har qancha e'zoz va ehtiromga munosibdir.

  So'lim bahorning ko'ngillarni iliq tuyg'ularga to'ldirgan go'zal ayyomi — 8-mart sanasi har yil mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanishi — nazokatli opa-singillarimizga bo'lgan alohida e'tibor va hurmat namunasi, aslida.

  Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki bo'lgan xotin-qizlarni e'zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko'rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi.

  Bugun yaqinlashib kelayotgan 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori A.G'.Rasulov barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni ezgulik va go'zallik bayrami 8-mart — Xotin-qizlar ayyomi bilan tabrikladi. Filial energetiklari tomonidan muhtarama hamkasblarimizga bayram sovg'alari tarqatildi.

  Hurmat bilan,

  "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti


E'tiboringizga "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filialining bayram tadbirida olingan fotosuratlar guldastasini taqdim etamiz:

 

"O'zbekiston MET" AJ axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>