Yangiliklar
Yoqilg‘i-energetika kompleksi yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan “Yoshlik energiyasi” nomli xalqaro forum o‘z nihoyasiga yetdi
  • 25.05.2021
  • 462

 Avval habar berganimizdek, joriy yilning 19-23-may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Lochin” oromgohida yoqilg‘i-energetika kompleksi yoshlari ishtirokida o‘tkazilgan “Yoshlik energiyasi” nomli Xalqaro forum o‘z nihoyasiga yetdi.

  Karantin qoidalariga rioya etgan holda tashkil qilingan forum ishtirokchilarni yoqilg‘i-energetika kompleksi, neft va gaz sohasidagi ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, elektr energetikasi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, turli sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, mantiqiy va amaliy mashg‘ulotlar bilan birlashtirdi.

 
 

 

 Shuningdek, Forum ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash va ishtirokchilarni qutlash maqsadida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri jamoasi tomonidan konsert dasturi tashkil qilinib, turli xil sahna ko‘rinishlari va musiqali chiqishlar orqali ishtirokchilarga madaniy energiya berildi.

 

 
 
 

 

 
 
 
 

  Forum yakunida kelgusi forumlar uchun aniq maqsadlar belgilab olindi, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Tadbirda ishtirok etgan faol yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda O‘zbekiston energetika, neft va gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 
 

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

http://minenergy.uz/uz/news/view/1268

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati

>