Yangiliklar
220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasida Xavfsizlik texnikasi kuni tadbirlari o‘tkazildi
  • 09.06.2021
  • 287

220 kV kuchlanishli «Sirg‘ali» podstansiyasi

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari X.B.Elmurodovning maxsus ko‘rsatmasiga  binoan kecha, 8 iyun  kuni Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 5 ta viloyat magistral elektr tarmoqlari tarkibidagi 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarda  Xavfsizlik texnikasi kuni  tadbirlari o‘tkazildi.

  An'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan amaliy tadbirda Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimlari podstansiya mutaxassislari ishtirokida xavfsizlik texnikasi talablariga  tayyorgarlik darajasini o‘rganishdi. Yong‘in xavfsizligi burchaklari, foydali maslahat va eslatma e'lonlari, maxsus asbob-uskunalarning favqulodda holatlarda foydalanishga tayyorligi, sifati, yaroqlilik muddati, ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar qay darajada o‘zlashtirilgani tekshirib o‘rganildi.

✍️  «O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

>