Yoshlar siyosati
Bugun, 30-iyun — Yoshlar kuni!
  • 30.06.2021
  • 915

Bayram tarixi

  2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev "Kamolot" qurultoyida: "...Yurtimizda bayramlar ko‘p, lekin yoshlarga bag‘ishlangan alohida bayram yo‘q. Bugun shu masalani ham hal etadigan vaqt keldi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun — 30-iyun sanasini mamlakatimizda «Yoshlar kuni» deb e'lon qilsak, qanday bo‘ladi?", deya taklif bildirgan edi.

  “...Yoshlar uchun kamolot yo‘li: odob, sport, bilim-saviya va yuksak ma'naviyat orqali!”, degan edi «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov.

  Xo‘sh, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yoshlari qanday sa'y-harakatlaru intilishlar bilan band? Buni bilish uchun uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yoshlar siyosati» ruknini kuzatib borsangiz bas...

Videorolik

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston yoshlarini, qolaversa, energetika sohasi yoshlarini bugungi sana bilan qutlaymiz.

Sizni ilimga chanqoqlik, uyg‘oq nigoh, shijoat, tashabbus va kuch-salohiyat tark etmasin!

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

>