Yangiliklar
QASHQADARYODA YIRIK LOYIHALARNING QURILISH-MONTAJ ISHLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
  • 05.07.2021
  • 646

  Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialida ham joriy va mavsumiy ta'mirlash ishlaridan tashqari bir qator modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

 

Batafsil ma'lumotlar:

«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI FAOLIYATIGA BIR NAZAR

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/953

QASHQADARYO VILOYATI ISTE'MOLCHILARINING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANISHI UCHUN QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA?

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/866

QASHQADARYO VILOYATI HAMDA ELEKTR ENERGIYASI TARMOG‘IDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR KO‘RIB CHIQILDI

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/831

 «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» O‘zbekiston Respublikasining elektr energetikasi to‘g‘risidagi Qonuni, elektr energiyasidan foydalanish qoidalari, elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob'ektlarini muhofaza qilish qoidalari hamda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filialining Nizomi asosida ish faolyatini olib boradi.

Filialda ayni paytda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

YANGI MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI

1. Moliyalashtirish manbai: “O‘zbekiston MET” AJ;
2. Loyihalashtiruvchi tashkilot: “O‘zenergoinjiniring” AJ;
3. Pudratchi tashkilot: “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ.

 

  500 kV kuchlanishli «G‘uzor» podstansiyasidan chiquvchi yangi qurilgan 2 dona 220 kVli elektr uzatish havo tarmoqlariga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 13/2237-sonli topshiriqnomasiga asosan “L-Amir Temur-1” va “L-Amir Temur-2” shartli dispetcherlik nomlarini berish tavsiya etildi.

   Hozirgi kunda 110 kV li qurilgan havo liniyasini 220 kV kuchlanishga o‘tkazish uchun qo‘shimcha loyiha (korrektirovka) ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 Loyihaning birinchi bosqichi bo‘yicha:

•  94 dona tayanch ustunlarini ko‘chirish ishlari bajarildi;

•  30 dona SK-26 rusumli yangi tayanch ustunlarining barchasi o‘rnatildi;

•  124 dona tayanch ustuniga yerulagichlar to‘liq o‘rnatildi;

•  21 km masofadagi ko‘chirish ishlari bajarildi.

  Loyihaning ikkinchi bosqichi bo‘yicha:

  220 kVli “L-Amir Temur-2” havo elektr uzatish tarmog‘ining 56,4 km qurilish-montaj ishlari bajarilishi rejalashtirilgan. Shundan 39 ta metall konstruksiyali tayanch ustunlari, 207 dona SK-26 rusumli temir-beton ustunlari, 29 dona SK-22 rusumli temir-beton ustunlari, jami 275 dona tayanch ustunlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

  Hozirgi kunda 39 dona metall konstruksiyali tayanch ustunlaridan 35 donasi, SK-26 va SK-22 rusumli 236 dona temir-beton ustunlaridan 159 donasi o‘rnatildi.

Qurilish-montaj ishlarida 50 nafar xodimlar ishchi kuchidan, 9 dona maxsus transport va mexanizmlardan foydalanilmoqda.

   Shuningdek, loyiha bo‘yicha 56,4 km yoki 193 tonna og‘irlikka ega AS-300/39 markali sim-arqonlarini tortish rejalashtirilgan. Shundan 14–115 tayanch ustunlari oralig‘ida 21,372 km yoki 74,8 tonna sim-arqonlarini tortish ishlari bajarildi.

 

 

YANGI YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYA

220/110/10 “Amir Temur” podstansiyasining qurilishi jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

1. Moliyalashtirish manbai: “O‘zbekiston MET” AJ;
2. Loyihalashtiruvchi tashkilot: “O‘zenergoinjiniring” AJ;
3. Pudratchi tashkilot: “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ.

Qurilish-montaj ishlarida 36 nafar ishchi-xodimlar ishchi kuchidan, 10 dan ziyod maxsus transport va mexanizmlardan foydalanilmoqda. Jumladan:

• TBP (tezkor boshqaruv pulti) binosida g‘isht terish ishlari, sementli suvoq ishlari to‘liq amalga oshirildi. Binoning tom qismiga 80 dona plitalar o‘rnatilib, kirish eshiklariga monolit quyildi. Rigelning armokarkasi yasaldi (5,6 x 0,38 x 0,38), yoritish tizimi ishlari esa yakunlanmoqda.

• Binoga 32 dona deraza-eshik romlari o‘rnatildi;

• Binoning tepa qismidagi monolit ishlari bajarilib, tom qismini yopish, tunikabon qoplamasini o‘rnatish ishlari tugatildi.

• Binoning ichki qismida kabellar uchun lotoklar o‘rnatildi, buyoq va kafel terish ishlari bajarilmoqda.

• Akkumulyatorlar montaj qilinib, kuchlanish ostiga qo‘yildi.

• Binoning ichki yoritish chiroqlari o‘rnatilib, montaj ishlari tugatildi.

 

 

 Bundan tashqari, yangi podstansiyaning kirish qismiga eshik-deraza romlari o‘rnatilib, suvoq va bo‘yoq ishlari tugatildi. Podstansiya chegarasi bo‘ylab 257 dona temir-beton panellar o‘rnatildi.

  Elektr jihoz va qurilmalaridan 125 MVA quvvatli T-1 avtotransformatori o‘rnatilib, OTK 220 kV, 110 kV va KRUN 10 kV shleyflari montaj qilindi. 220 kV ochiq taqsimlash qurilmasiga 1 dona yacheyka o‘rnatilib, ekspluatatsiyaga tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 110 kV kiruvchi yacheyka o‘rnatilib, foydalanishga tayyor holatga keltirildi. Shu jumladan, chiquvchi 110 kV “COUNCH CEMENT” yacheykasi ham ekspluatatsiyaga tayyor holatda. Ayni paytda sozlash-tekshirish ishlari davom etmoqda.

  110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasiga 62 dona ustunlar montaj qilindi. Yashin qaytargich va portallarga traversalar o‘rnatildi. Oshinovka ishlari to‘liq tugatildi. Shuningdek, kabellar uchun yerga o‘lagich montaj qilinib, lotoklar o‘rnatildi. Bundan tashqari, yerga ulagichlar va 2 dona o‘chirgich o‘rnatildi. Ajratkichlar, tok transformatorlari, elektr uskunalarining montaj ishlari bajarildi. RVS rusumli 110 kV quvvatlagichni montaj qilishning birinchi bosqichi tugatildi. Bundan tashqari, ustunlar o‘rnatilib,  kabellar uchun lotoklar, yerga ulagichlar, tok transformatori, ajratgichlar, o‘chirgichlar, shkaflar o‘rnatildi.

  10 kV KRUNda oshinovka ishlari tugatildi, TSN1 0,4 kV kabellari montaj qilinib, ish boshlashga shay holatga keltirib qo‘yildi.

  Yangi podstansiya qurilish loyiha ishlarida 800 metr ichki yo‘llarga beton qoplamasini quyish ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, ORU-220 kV 400 metr, ORU-110 kV 300 metr ichki yo‘llarda beton quyish ishlari bajarildi.

220/110/10 “Amir Temur” podstansiyasining qurilishi davom etmoqda.

 Yangi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda «Amir Temur» podstansiyasi, dastavval, Shahrisabz tumanining elektr ta'minoti ishonchliligini (o‘tkazuvchanlik quvvatini) oshiradi, so‘ng Qashqadaryo viloyati elektr ta'minotida yurtiqcha yuklama tufayli kelib chiqadigan turli nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

 Bundan tashqari, «Amir Temur» podstansiyasi Shahrisabz tumanida qurilayotgan yangi sement zavodi hamda boshqa kichik va o‘rta biznes vakillari — ishlab chiqarish korxonalarining asosiy elektr ta'minoti manbaiga aylanishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, yangi 220 kVli elektr tarmog‘i va podstansiya Qashqadaryo viloyatining Kitob, Chiroqchi va Qamashi tumanlari iste'molchilarining elektr ta'minoti yaxshilanishiga, uning sifat ko‘rsatkichlari oshirilishiga xizmat qiladi.

 Sherzod Xoliyorov, «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>