Yangiliklar
Diqqat, e'lon! 2021 yil 19–20-avgust kunlari 500 kV kuchlanishli «Sug‘diyona» podstansiyasida seminar mashg‘ulotlari hamda maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkaziladi
  • 11.08.2021
  • 273

Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar ichida 7 ta 500 kV kuchlanishli podstansiyalar mavjud. Mazkur muhim ob'ektlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning bilim-malakasini oshirish, harbiy tayyorgarlik darajasini yuksaltirish, sanoat va yong‘in xavfsizligi masalalari yuzasidan tegishli o‘quv seminarlari hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish  belgilangan. Toifalangan ob'ektlardagi tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatining tegishli topshiriqlariga muvofiq ishlab chiqilgan Chora-tadbirlari rejasida ham aks etgan.

  Yuqoridagilarni inobatga olib, Samarqand viloyati hokimiyati Matbuot xizmati hamda boshqa jurnalist va blogerlar 2021-yil 19–20-avgust kunlari «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali binosida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan ko‘rgazmali o‘quv seminar hamda 500 kVli «Sug‘diyona» podstansiyasida harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tadbirlarida bevosita ishtirok etishlari mumkin.

 Tadbirda «O‘zbekiston MET» AJ Xavfsizlik va maxsus ishlar boshqarmasi xodimlari, muhim ob'ektlarga ega 7 ta viloyat magistral elektr tarmoqlari filiallaridan mutaxassislar, shuningdek, Samarqand viloyati hokimiyati, Samarqand viloyati Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda boshqa tashkilot va tuzilmalardan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998-71-208-5598 (Toshkent); +998-66-231-0698 (Samarqand).

  ‖ Veb-sahifa http://uzbekistonmet.uz

  ‖ Telegram http://t.me/uzmetaxborotxizmati

  ‖ Facebook https://www.facebook.com/

  ‖ Instagram https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

  ‖ Twitter https://twitter.com/uzbekistonmet

  ‖ Utube https://utube.uz/ru/users/7208

  ‖ Youtube https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg

  Eslatib o‘tamiz, bu kabi maxsus taktik-o‘quv mashqlari bundan oldinroq 500 kV kuchlanishli «Qorako‘l» (Buxoro viloyati) hamda 500 kV kuchlanishli «Surxon» (Surxondaryo viloyati) podstansiyalarida o‘tkazilgan edi.

Batafsil:

"Buxoro magistral elektr tarmoqlari" filialida seminar, 500 kVli "Qorako'l" podstansiyasida namunaviy mashg'ulotlar o'tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/633

Yangiliklar 24 |

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5568

«O‘zbekiston MET» AJ: 500 kV kuchlanishli «Surxon» podstansiyasida maxsus taktik-o‘quv mashqlari o‘tkazildi

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1168

Yangiliklar 24 |

https://t.me/uzmetaxborotxizmati/7538

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ

Axborot xizmati

 

>