Yangiliklar
Energetika vazirligida Matbuot-shtabi tashkil qilindi
  • 16.11.2021
  • 375

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining buyrug‘i bilan kuz-qish mavsumida iste'molchilarga tezkor axborot yetkazish maqsadida “Matbuot shtabi” tashkil etildi. Mazkur shtab tarkibiga Yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari kiritilgan.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi bilan bog‘liq ravishda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste'moli keskin oshishi munosabati bilan ushbu masalalar bo‘yicha murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

 

Shu munosabat bilan, yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish to‘g‘risida o‘z vaqtida ma'lumot berish muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

Yuqoridagilarni hisobga olib, iste'molchilar, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yakdil xulosaga ega ma'lumotlar taqdim etish maqsadida, Energetika vazirining tegishli buyrug‘i asosida, 2021–2022-yil kuz-qish mavsumida faoliyat yuritadigan “Matbuot shtabi” o‘z faoliyatini boshladi.

Unda Energetika vazirligida tizim tashkilotlari matbuot kotiblaridan iborat jamoa faoliyat yuritib, Shtab a'zolari iste'molchilar murojaatlariga javoblar, mavjud muammo va uning yechimlari to‘g‘risida tezkor axborot berishni rejalashtirgan.

 

 

 

Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Energetika vazirligi Matbuot shtabining platformasi — Energetika vazirligining minenergy.uz veb-sayti hamda Telegramm mesenjeridagi https://t.me/minenergy_uz kanali.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1597

https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/21177

https://uza.uz/

https://xs.uz/

 

✍️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>