Yangiliklar
Energetika vazirligi: Xalqaro energetika agentligi missiyasi Toshkentga tashrif buyurdi
  • 18.04.2022
  • 398

2022-yilning 11-15-aprel kunlari Xalqaro energetika agentligi (XEA) delegatsiyasi O‘zbekiston energetika siyosatini chuqur tahlil qilishning ikkinchi bosqichini o‘tkazdi.

XEA Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tarkibidagi avtonom xalqaro organ hisoblanadi. U energiya resurslari va energiya xizmatlariga bo‘lgan talab va taklifning global tuzilmasini takomillashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun konsalting tashkiloti sifatida faoliyat yuritadi.

 

Xalqaro va investitsiya birlashmalarda XEAning yillik umumiy energetika va sanoat hisobotlari tan olinadi.

“EU4Energy” dasturi doirasida XEA Sharqiy hamkorlik va Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga qaratilgan dasturni amalga oshirmoqda. Dasturning maqsadi barqaror energiya siyosatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

O‘zbekistonning energetika siyosatini chuqur tahlil qilish XEA tomonidan uch bosqichda olib borilmoqda va bu mamlakat hukumati rahbarligida amalga oshirilmoqda.

 

XEA delegatsiyasi Toshkentga tashrifi davomida davlat organlari, idoralar, shuningdek, kompaniyalar vakillari bilan norasmiy uchrashuvlar o‘tkazdi, ular davomida energetika sohasidagi ayrim masalalar muhokama qilindi. 14 ta mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamada 24 ta vazirlik, idora va korxonalardan 70 nafar vakil ishtirok etdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha XEA missiyasi Energetika vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasiga mavjud ma'lumotlar bo‘yicha hisobot loyihasini taqdim etdi. Xalqaro tahliliy guruh tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar mamlakat hukumatiga energetika sohasidagi ma'lumotlar va siyosatni yaxshiroq baholashda yordam berish uchun mo‘ljallangan. Hisobot potensial investorlarga makroiqtisodiy tendensiyalar va energetika sohasidagi muammolar bilan tanishish uchun keng imkoniyat yaratadi.

 

Natijalar asosida 2022-yilning iyul oyida chiqarilishi rejalashtirilgan yakuniy tavsiyalar ustida ish boshlash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1913

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>