Yangiliklar
Xorazm viloyati magistral elektr tarmoqlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlari mutaxassislar ishtirokida muhokama qilindi
  • 22.04.2022
  • 540

Avval xabar berganimizdek, kecha, 2022-yil 21-aprel sanasida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarning yoz mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish maqsadida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali hamda “Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filialiga xizmat safari uyushtirgan edi.

 

Batafsil: «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati D.A.Isaqulovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga xizmat safari tafsilotlari

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2244

Dadajon Aynaqulovich, shuningdek, 220 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida davom ettirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishib, podstansiya ichidagi omborxonalarni ko‘zdan kechirdi.

Modernizatsiya dasturi bo‘yicha demontaj qilingan elektr uskunalarning yaroqlilarini ajratib saralash, ta'mirlab-sozlash va aynan shunday elektr qurilmalaridan foydalanayotgan podstansiya hamda liniyalar uchun zaxira ehtiyot qismlari sifatida yuborish, yaroqsiz uskuna va jihozlarni tegishli tartibda, qonunchilikda belgilangan joyga metallomga topshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

 
 

Shu bilan birga, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov “Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori, bosh muhandis hamda podstansiya boshlig‘i ishtirokida Xorazm viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlarini chizma-xaritalar yordamida atroflicha muhokama qildi. Yil sayin sanoat ko‘lami, o‘rta va kichik biznes, ijtimoiy soha ob'ektlari soni oshib borayotgan, shuningdek, aholi soni va turmush sharoiti yaxshilanib borayotgan Xorazm viloyati, unga tutash Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Buxoro viloyati iste'molchilarini mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va qisman import qilinayotgan elektr energiyasi bilan ta'minlashning ishonchliligini oshirish yuzasida o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

 

Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov mamlakatimizning boshqa hududlaridagi magistral elektr tarmoqlari filialiga xizmat safarini, ya'ni yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarning mavsumiy tayyorgarligi hamda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj ishlarini ob'ektning o‘ziga borib o‘rganishi davom etadi.

U.P.Urunov, Axborot xizmati rahbari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>