Yangiliklar
Energetika vazirligida Omsk viloyati delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi
  • 27.04.2022
  • 333

2022-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkov boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjaev Omsk viloyati hukumati raisi va delegatsiyasi a'zolarini qutlar ekan, tomonlarning turli yo‘nalishlarda energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari yuqori ekanini alohida ta'kidladi.

O‘z navbatida A.Burkov O‘zbekiston Omsk viloyatining asosiy va muhim tashqi savdo hamkorlaridan biri ekanligini ta'kidladi. Ayni paytda jadal rivojlanayotgan energetika sohasi hamkorlikning yangi istiqbollarini ochmoqda.

 

 

Tomonlar raqamli energetika sohasida, jumladan, elektr tarmoqlari uchun intellektual qurilma va tizimlardan foydalanish, qozonxona va issiqlik texnikasi uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Muhokama chog‘ida Omsk viloyati gubernatori sanoat sektorining O‘zbekiston energetika tarmog‘i uchun mahsulotlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishda kooperatsiya qilish imkoniyatlari, jumladan, raqamli energetika sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari, elektr tarmoqlari uchun aqlli qurilmalar va tizimlardan foydalanish, qozon va issiqlik texnikasi uskunalarini yetkazib berish haqida ma'lumot berdi.


O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

https://minenergy.uz/uz/news/view/1923

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>