Yangiliklar
Energiya tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish va tizimni transformatsiya qilish istiqbollari
  • 15.07.2022
  • 401

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Elektr energetika sohasini transformatsiya qilish va elektr energiyasini barqaror uzatish” loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Mahalliy va xorijlik mutaxassislar, soha mas’ullari ishtirok etgan tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi  investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Shuhrat Vafoyev, energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va boshqalar  mazkur loyiha yurtimizda elektr energetika sohasiga innovatsion energiya tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish va tizimni  transformatsiya qilishda katta ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladigan ushbu loyiha “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning ustuvor investitsiyalarini moliyalashtirish orqali eskirgan energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga ko‘maklashadi. Loyiha asosida mamlakatimizning 11 ta hududida 22 ta eskirgan yuqori kuchlanishli podstansiyasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda kengaytirish, shuningdek, Toshkent viloyatida yangi 500 kVli podstansiya va elektr uzatish tarmoqlarini qurish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonovning ta’kidlashicha, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi loyiha uchun  380 million dollar, Yashil iqlim fondi (YAIF) esa qayta tiklanuvchi energiya manbalari xavfini kamaytirish tashabbusi doirasida 43 million dollar kredit ajratadi.

– Ushbu moliyalashtirish bizga eng past foiz stavkalari bo‘yicha va maksimal muddati 40 yilgacha taqdim etilyapti, – dedi F.Qurbonov.– Yashil iqlim jamg‘armasi, shuningdek, loyiha doirasida tanlangan tadbirlarni amalga oshirish uchun 4 million dollar grant ajratadi. Loyiha bo‘yicha elektr uzatish tizimini monitoring qilish, boshqarish va ekspluatatsiya qilish jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli hamda telekommunikatsiya texnologiyalari va yechimlari joriy etiladi. Ular dispetcherlik nazorati va ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha yangi texnik-dasturiy kompleks (SCADA), shuningdek, “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ markaziy va hududiy dispetcherlik markazlari uchun elektr energiyasini boshqarish tizimini (EMS) yaratishni o‘z ichiga oladi.

Tadbirda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli jurnalistlarga intervyu berar ekan, u dastlab mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga, bunda barcha sohalar qatorida energetika tizimini ham transformatsiya qilish, elektr energiyasini uzatish tizimlarini rivojlantirish kabi ishlarga e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– O‘zbekistonda elektr energiyasini uzatish tizimlari ishonchli, xavfsiz va samarali bo‘lishi kerak, – dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli. – Shu jihatdan, ushbu yangi loyiha hukumatga elektr energetika sohasining samarali ishlashi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bu “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini zamonaviy tijorat kompaniyasiga aylantirish va elektr energiyasini uzatish tizimlarini modernizatsiya qilishni jadallashtiradi. Bunday chora-tadbirlar qariyb 32 million iste’molchini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarish bo‘yicha yangi yirik loyihalarni elektr tarmoqlariga ulash imkoniyatini yaratish hamdir.

Nasiba ZIYODULLAEVA,O‘zA

Manba: https://uza.uz/uz/

 
minenergy.uz - Жаҳон банки кўмагида Ўзбекистон электр таъминоти тизими модернизация қилинади
 
daryo.uz - O‘zbekistonda elektr uzatish tarmoqlari yangi tizimga o‘tkazilishi ma’lum qilindi
 
www.spot.uz - Jahon banki elektr energetika sektori transformatsiyasiga $380 mln ajratmoqda
 
sof.uz - Jahon banki O‘zbekiston energetika sohasini modernizatsiya qilish uchun 427 million dollar ajratadi
 
youtu.be - Жаҳон банки кўмагида Ўзбекистон электр таъминоти тизими модернизация қилинади
 
uza.uz - Energiya tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish va tizimni transformatsiya qilish istiqbollari
 
t.me/yuksalish_live - Ўзбекистон электр таъминоти тизимини модернизация қилишга Жаҳон банки 380 млн доллар, Яшил иқлим жамғармаси 43 млн доллар кредит ажратади (40 йилгача муддатга).

kun.uz - WB to allocate $427 million to Uzbekistan for renewal of electricity networks

uzreport.news - Jahon banki ko‘magida O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi

uzreport.news - Всемирный Банк направит более $420 млн. на модернизацию энергосектора Узбекистана.

t.me/iadunyo_uz - Jahon banki O‘zbekiston energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi

 

>