Yangiliklar
Xizmat safari hisoboti: Energetika sohasi ayollarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona maydon yaratiladi
  • 11.08.2022
  • 487

Avval xabar https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/2625 berilganidek, joriy yilning 9–10-avgust kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari energetika sohasida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Qirg‘izistondagi energetika sohasidagi ayollar uyushmasi hamda AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligining «Markaziy Osiyoda energetika» loyihasi bilan hamkorlikda tashkil etilgani bilan e’tiborga loyiqdir.

Ochilish marosimida USAIDning Qirg‘izistondagi missiyasi direktori Kaya Adams, USAIDning “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi rahbarining o‘rinbosari Bayan Abilqairova, Qirg‘iziston Respublikasi energetika vaziri Do‘squl Bekmurzayev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining Issiqko‘l viloyatidagi vakolatli vakilining birinchi o‘rinbosari Ulanbek Daliyev, Qirg‘iziston energetika sohasidagi ayollar uyushmasi prezidenti – Oltinay Abdikerimovalar sammit-konferensiya ishtirokchilarini qutlab, xalqaro tadbir ishiga omad tiladi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad — energetika sohasidagi ayollar hamda mutaxassislar uchun gender tengligi va ijtimoiy integratsiyani rivojlantirish uchun muloqot platformasini yaratish, bilim va tajriba almashish, salohiyatni oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, uzviy kasbiy aloqalarni o‘rnatish.

Sammit-konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari – Qirg'iziston, O‘zbekiston, Qozog'iston, Turkmaniston va Tojikiston energetika sohasida faoliyat yurituvchi ayol mutaxassislar, shuningdek, energetika vazirliklari, kommunal xizmatlar, tartibga solish organlari, energetika kompaniyalari, universitetlar va professional tashkilotlar vakillari turli mavzu va yo‘nalishlarda ma'ruza qildilarlar.

Tadbir natijasida Markaziy Osiyo davlatlarining energetika sohalarida mehnat qilayotgan ayollar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, kasbiy va shaxsan duch keladigan umumiy maqsad va to‘siqlarni muhokama qilishdi. Ishtirokchilar birgalikda kelajakda STEM sohasiga kiruvchi yosh ayollar va qizlar sonini ko‘paytirishning mumkin bo‘lgan yechimlari va yo‘llarini o‘ylab, muhokama qilishdi.

USAIDning "Markaziy Osiyo energetikasi" (Power Central Asia) loyihasi Markaziy Osiyo milliy hukumatlarini energetika sohasidagi milliy va mintaqaviy ustuvorliklariga erishishda va mintaqaviy elektr savdosining iqtisodiy foydalarini ochishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Qirg'iziston energetika sohasidagi ayollar assotsiatsiyasi 2022-yil fevral oyida energetikada ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun eshitiladigan va energiya sohasidagi intilishlari va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan yagona maydon yaratish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonning Cho‘pon-Ota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari energetika sohasida mehnat faoliyati yuritayotgan ayollarining birinchi xalqaro sammit-konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizim tashkilotlaridan vakillar ishtirok etishdi.

 

Feruza Xadjimuratova, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Xotin-qizlar kengashi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>