Yangiliklar
Axborot xizmati: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6247-sonli Farmoni talablari bajarilmoqda
  • 04.11.2022
  • 342

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli Farmoni «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan ijro uchun qabul qilingan. Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan 2021-yil 22-iyundagi 196-sonli buyruq mas'ul xodimlar tomonidan ijro etilmoqda.

Xususan,

☑️ Farmonning 7a-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

1️⃣ Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) orqali Jamiyat faoliyatining  ochiqligi va shaffofligini ta'minlashga qaratilgan tahliliy maqolalar, rasmiy bayonotlar, o‘tkazilgan matbuot anjumanlari va brifinglarda yangragan savollarga javoblar, Aksiyadorlik jamiyati rahbarining intervyulari, xizmat safari va xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari, shuningdek, xaridlar hamda tenderlar haqidagi e'lonlar, asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, bo‘sh ish o‘rinlari, moliya va buxgalteriya hamda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlariga oid ma'lumotlar hisobot jadvallari shaklidagi ilovalar orqali keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilmoqda.

2️⃣ «O‘zbekiston MET» AJning YAGONA TELEFON raqami 71/236-6035 (matbuot kotibi), bundan tashqari, ISHONCH RAQAMI, ya'ni fuqarolar murojaati uchun maxsus  telefon raqami +998 71-208-56-46 hamda DEVONXONA (kanselariya) 71/236-6854, «O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5649 kabi raqamlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Xalq qabulxonasi» ruknida Jamiyat boshqaruvi raisi va o‘rinbosarlarining qabul kunlari, qabul qaydnomasiga yozilish uchun Jamiyat boshqaruv raisi yordamchisining telefon raqamlari e'lon qilingan.

3️⃣ Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni  veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

4️⃣ Shuningdek, Jamiyatning uzbekistonmet.uz veb-saytiga sohaga bevosita taalluqli: 14 ta O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari; 34 ta Prezident Qarorlari;  17 ta Prezident Farmonlari; 24 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari; 10 ta Normativ hujjatlar; 2 ta xalqaro hujjatlar va bir nechta Yo‘riqnoma hamda Nizomlar o‘zbek tili  lotin va kirill grafikasida, rus tilida hamda qisman ingliz tilida joylashtirilgan. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, veb-saytning «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (Adliya tizimidagi yangiliklar) berib boriladi.

5️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Foto va video hamda infografika mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda.

☑️ Farmonning 4-bandi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar:

Shuningdek, Jamiyat veb-saytida «Aksiyadorlar uchun» nomli rukn va uning tarkibida quyidagi nimruknlar: “Boshqaruv va nazorat organlari” — 6 ta kichik ruknlar; “Ochiq ma'lumotlar” — 6 ta kichik ruknlar va “Ichki hujjatlar” — 3 ta kichik ruknlar tarkibida Jamiyatning Ustav fondi, Kuzatuv kengashi, Taftish komissiyasi, Boshqaruv a'zolari, Korporativ boshqaruv kompleksi, Ichki nizom, Biznes-reja, Emitent hisobotlar, Dividend to‘lash, Qimmatli qog‘ozlar, MHXS — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, Auditorlik xulosasi, Korporativ boshqaruv kodeksi, Muhim faktlar kabi bo‘lim ma'lumotlari mavjud.

 Muhim ma’lumotlar:

2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqami ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.

Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta’minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 10 ta rukn, 54 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma’lumotlar joylashtirilgan infografika ma’lumotnomasi mavjud.

Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma’lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma’lumotlar soni 3000 dan ortiq bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.  

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati tomonidan Ochiq ma’lumotlar portaliga Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga taalluqli ma’lumotlarni joylashtirish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarorining tegishli bandlariga muvofiq 2019-yil oktabr oyidan boshlab amalga oshirilmoqda. 2021-yil 15-iyul sanasidan boshlab Ochiq ma’lumotlar portaliga Farmonda belgilab berilgan tartibdagi ma’lumotlar yuklanib, hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmoqda.

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>