Yangiliklar
Investitsion loyihaga doir 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurish ishlari qariyb 80% ga bajarildi
  • 27.02.2023
  • 322

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir soha faoliyatini takomillashtirish va yanada rivojlantirish, sohalarga oid yangiliklarni zamon talablari mos ravishda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga tatbiq etish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni yuksaltirish, insonga e'tibor, sifatli ta'lim, raqamli texnologiyalar, aholi turmush-sharoitini yaxshilash, o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini o‘qitish, ularning bilim-malakasini oshirish, mavjud muammolarni mahallabay ishlash tizimida bartaraf etish, shuningdek, dunyodagi o‘zgarishlar bilan hamnafas bo‘lish, kelajakda amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalarini belgilash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalarga katta e'tibor berilmoqda.

    Shu bilan birga, hozirgi kunda Prezidentimiz tomonidan energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘i ham katta e'tibor qaratilmoqda. Masalan, o‘nlab yirik loyihalar qatorida Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida yangi qurilayotgan, quvvati 1500 MVT bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi jarayoniga to‘xtalib o‘tish mumkin.  Mazkur investitsion loyiha joriy yil oxiriga yakunlanib, mamlakatimizning sharqiy va janubiy-g‘arbiy hududida joylashgan iste'molchilarning elektr ta'minotini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Loyiha orqali generatsiya quvvatlarini oshirish maqsadida issiqlik elektr stansiyasini qurish ulkan bir ish jarayoni bo‘lishi bilan birga, unda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini energetika tarmog‘iga ulash uchun lozim texnik shartlarda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish ham katta hajmdagi ish hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlangan jihatlarni inobatga olib, Davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qurilayotgan yangi issiqlik elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini respublikamizning sharqiy va janubiy-g‘arbiy hududlariga yetkazib berish uchun 220/500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish vazifalari yuklatilgan.

Hozirgi kunda ushbu elektr tarmog‘ini qurishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga qarashli “Magistral tarmoq qurilish” filiali hamda “O‘zqishloqelektrqurilish” AJ korxonalari jalb qilingan bo‘lib, jami 150 nafarga yaqin ishchi-xodimlar hamda 50 ga yaqin maxsus avtoulov va mexanizmlar yordamida qurilish-montaj ishlarini olib bormoqda.

 Hukumatimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni rejaga muvofiq bajarilishini bugungi sanaga qiyoslasak, hozirda rejalashtirilgan  qurilish-montaj ishlarining qariyb 80% ga bajarildi.  

 

✍️  Ilhom Xudoynazarov, “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>