Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Energetika forumi doirasidagi texnik seminar tadbirlarida faol ishtirok etmoqda
  • 20.05.2023
  • 196

Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida turli yo‘nalishlarni qamrab olgan bir nechta tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, 2023-yilning 20-may sanasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarida «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma majmuasida 25-xalqaro Neft va gaz ko‘rgazmasi hamda 3-xalqaro Energetika forumi doirasida o‘tkazilayotgan texnik seminarda faol ishtirok etishmoqda.

 

 

Texnik seminar mavzulari:

1️⃣ O‘zbekiston energetika infratuzilmasi energiya samaradorligini joriy etishning ilg‘or mexanizmlari;

2️⃣ O‘zbekiston energetikasining ilg‘or texnologik va moliyaviy mexanizmlari infratuzilmasini joriy etish.

 

 

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

>