Yangiliklar
Investitsion loyihaga doir 500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘ini qurish ishlari davom etmoqda
  • 24.05.2023
  • 340

Ma'lumki, mamlakatimizning sharqiy va janubiy-g‘arbiy hududida joylashgan iste'molchilarning elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida Sirdaryo viloyati, Shirin shahrida quvvati 1500 MVT bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.

⚡️ Joriy yil oxirigacha tugallanishi rejalashtirilgan mazkur yirik generatsiya ob'ektini energetika tarmog‘iga ulash uchun 220/500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yuklatilgan vazifa hisoblanadi.

Suratda  “O‘zbekiston MET” AJ tarkibidagi "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" hamda "Magistraltarmoqqurilish" filiali tomonidan olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari aks ettirilgan.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>