Bo'sh ish o'rinlari
Suhbat orqali ishga taklif etamiz: “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandis o‘rinbosari lavozimi
  • 25.09.2023
  • 216

Talablar: Oliy maʼlumotli; Energetika tizimida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi va rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi lozim; Kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak; O‘zbek (davlat) tili va rus tili mukammal bilishi zarur.

Qo‘shimcha talablar: “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik  ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni  tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi qonuni, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.

Bundan tashqari, “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik  texnikasi qoidalari”ga asosan V guruh toifasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Bundan tashqari, 220-500 kV kuchlanishli podstansiya elektr qurilmalarida almashtirib-yoqish operatsiyalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lishi kerak; 35–110–220-500 kV kuchlanishli elektr qurilmalarda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi, ya’ni bajariladigan joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini rejalashtirish, olib borish, rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining ishlash prinsiplarini bilish va ekspluatatsiyada qo‘llay olishi; Elektr tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy rejimlarda tezkor tiklash va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

⇒ Onlayn rezyume:  https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar:

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>