Yangiliklar
D.A.Isaqulov Qozog‘iston elektr energetika assotsiyasining «Xizmat ko‘rsatgan energetik» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi
  • 29.02.2024
  • 117

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi energetika tizimlari rahbarlari navbatdan tashqari muhokamalar majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibiga qo‘yilgan muhokamalarning bosh mavzusi — milliy elektr tarmoqlarini rivojlantirish masalalari.
 
⚡️ Tadbirda “KEGOC” kompaniyasi boshqaruvi raisi N.E.Aytjanov «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulovni Qozog‘iston elektr energetika assotsiatsiyasining «Xizmat ko‘rsatgan energetik» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya Federatsiyasi energetika tizimlari rahbarlarining ishchi tartibdagi muhokamalari davom etmoqda.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

 

>