Yangiliklar
KAPITAL QURILISH, SMETA VA LOYIHALARNI EKSPERTIZA QILISH BOShQARMASI: 2021-yil, birinchi yarimyillik sarhisobi
  • 14.07.2021
  • 762

  Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘zining bir qator vazifalari amalga oshirish bilan birga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish, kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, ob'ektlarni moliyalashtirish hamda ularni amalda bajarilishi uchun yillik va istiqbolli elektr tarmoqlarining qurilish dasturlarini ham amalga oshiradi.

  Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi magistral elektr tarmoqlarda olib borilayotgan loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirilishi va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini muvofiqlashtiradi.

 

 

  Shuningdek, boshqarma “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibiy korxona va bo‘linmalaridan loyihaning bajarilishini nazorat qilish jarayonida pudratchi tashkilotlarning shartnoma majburiyatlarini va, zarur bo‘lganda, shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni taqdim etishni talab qiladi.

  Ushbu amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalari hamda Shaharlararo norma qoidalari, xavfsizlik qoidalari va boshqa normativ hujjatlari asosida olib boradi.

  Boshqarmaga 2019-yil 2-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan loyihalarni tarmoq ekspertizasidan o‘tkazish guvohnomasi taqdim etilgan. Misol uchun, Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi tomonidan 2021-yilning birinchi yarimyilligida quyidagi loyihalarga tarmoq ekspertiza xulosasi berildi:

“Pop–Namangan–Andijon temiryo‘l liniyasini elektrifikatsiyalash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan 220 kVli “Qizil rovot” podstansiyasidagi 110 kVli ochiq taqsimlash qurilmasini kengaytirish” loyihasi;

“Jahon banki ishtirokida magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida “Ozodlik” podstansiyasidagi 10 kVli “KRUN” qurilmasini almashtirish” loyihasi;

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi 220/110/10kVli “Beruniy” podstansiyasidagi 125 MVA quvvatli “T-2” avtotransformatorini o‘rnatish” loyihasi;

“Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 220/35/6 kVli “Gornaya” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;

“To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi” loyihasi doirasida 220 kVli “Qizil Rovot” podstansiyasini qayta qurish” loyihasi;

“Jizzax viloyatidagi “Sirdaryo IES” AJ va “Zafarobod” podstansiyasi oralig‘ida ikkita 220 kVli havo tarmog‘i va 220/110/10 kVli “Zafarobod” podstansiyasini qurish” loyihasi;

“Qashqadaryo viloyatidagi 500/220/110/10 kVli “G‘uzor” podstansiyasi va 220/110/10 kVli “Amir Temur” podstansiyasi oralig‘ida 220 kVli “L-Azamat-2” havo tarmog‘ini qurish” loyihasi.

 

 

 

  Bir o‘z bilan aytganda, “O‘zbekiston MET” AJ o‘z navbatida respublika iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va biznes sub'ektlari hamda aholi tomonidan elektr energiyasiga bo‘lgan talabni ortib borayotgan qismini to‘liq qoplash maqsadida Jamiyat tasarrufidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya hamda rekonstruksiya qilish ishlarini jadal olib bormoqda.

  Xususan:

  2021-yilda modernizatsiya va rekonstruksiya dasturi asosida jami 15 ta podstansiyalarda qo‘shimcha 1568 MVA quvvat oshirish rejalashtirilgan.

  Joriy yilning birinchi yarimyilligida 7 ta podstansiyalarda,

  shundan:

Toshkent viloyati “Chirchiq” podstansiyasida – 2 dona (200 MVAli) 150 MVA;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Beruniy” podstansiyasida – 1 dona (125MVAli) 125MVA;

Xorazm viloyati “Xorazm” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA;

Farg‘ona viloyati “O‘zgarish” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 50 MVA;

 Buxoro viloyatida “Quyumozor” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli) 63 MVA;

Qashqadaryo viloyatida “Amir Temur” podstansiyasida – 1 dona (125 MVAli) 125 MVA;

Navoiy viloyatida “Gornaya” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli) 43 MVA yuqori kuchlanishli transformatorlar o‘rnatilib ishga tushirildi va 631 MVA quvvatga oshirildi.

  Yil yakuniga qadar 10 ta podstansiyalarda 1000 MVA qo‘shimcha quvvatga oshirilishi kutilmoqda,

  jumladan,

  Qashqadaryo viloyatida 75 MVA

  “Qarshi” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA;

  Buxoro viloyatida 127 MVA

  “Quyimozor” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli), 2 dona (125 MVAli) 127 MVA;

  Samarqand viloyati 84 MVA

  “Samarqand” podstansiyasida – 2 dona (25 MVAli) 9 MVA;

  “Kattaqo‘rg‘on” podstansiyasida – 1 dona (200 MVAli) 75 MVA;

  Navoiy viloyatida 243 MVA

  “Ximiya” podstansiyasida – 1 dona 200 MVA;

  “Gornaya” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli) 43 MVA;

  Farg‘ona viloyatida 75 MVA

  “Farg‘ona” podstansiyasida – 2 dona (200 MVAli) 75 MVA;

  Toshkent shahri 23 MVA

  “Yuksak” podstansiyasida – 1 dona (63 MVAli) 23 MVA;

  Surxondaryo viloyatida 249 MVA

  “Sherobod” podstansiyasida – 2 dona (250 MVAli), 2 dona (63 MVAli) 249 MVA;

  Jizzax viloyatida 124 MVA

  “DNS”-2 podstansiyasida – 2 dona (125 MVAli) 124 MVA.

 

 

  Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yil 5-yanvarda “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi tomonidan 5-sonli buyruq imzolandi. Qarorga asosan 2021-yil umumiy qiymati 124,0 mln AQSh dollar (1 351,6 mlrd.so‘m) 10 ta loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan:

 Soha mablag‘lari hisobidan – 16,59 mln AQSh dollar (180,9 mlrd. so‘m);

Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 107,4 mln. AQSh dollar (1 170,7 mlrd. so‘m) tashkil etadi.

  2021-yil I yarimyillikda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 54,0 mln AQSh dollar (589,0 mlrd. so‘m) mablag‘ o‘zlashtirilib, rejaga nisbatan 130,5 foizga (reja 41,39 mln AQSh dollar yoki 451,1 mlrd. so‘m) jumladan:

-  Soha mablag‘lari hisobidan – 17,82 mln AQSh dollar (194,3 mlrd. so‘m);

-   Davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar – 36,18 mln AQSh dollar (394,7 mlrd. so‘m) bajarildi.

  Joriy yil yakuniga qadar umumiy qiymati 58,0 mln AQSh dollarli 3 ta loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan, shundan:

- “O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan 500 kV “G‘uzor–Regar” (L-507) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tiklash” investitsiya loyihasi qiymati 14,8 mln AQSh dollar.

- “500kV Surxon–Puli-Xumri (Xo‘ja-Alvon) elektr tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida 500kVli "Surxon" podstansiyasidagi OTQni kengaytirish” investitsiya loyihasi qiymati 32,0 mln AQSh dollar.

- “Pop–Namangan–Andijon elektrlashtirilgan temiryo‘l liniyasining tashqi ob'ektlarini elektr ta'minoti bilan ta'minlashda tayanch nimstansiyasini qurish” investitsiya loyihasi qiymati 11,2 mln AQSh dollar.

  “O‘zbekiston MET” AJning kapital qurilish boshqarmasi va filiallardagi bo‘limlari bilan birgalikda joriy yilning birinchichi yarimyilligida jami 398,6 mlrd.so‘mli loyihalar foydalanishga topshirilib, ishchi komissiyasi dalolatnomalari rasmilashtirildi.

 

 

 

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi “Toshkent shahridagi davlat mulki ob'ektlariga investitsiyalarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 146-sonli qaroriga muvofiq “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ uchun Toshkent shahri Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy manzilida yetti qavatli ma'muriy bino qurilishi amalga oshirilmoqda.

  Hozirgi kunda asosiy binoning qurilishi deyarli yakunlanmoqda. “B blok” (majlislar zali) binosi poydevori uchun xandaq qazish ishlari davom etmoqda.

  Ma'lumot o‘rnida: Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasida jami 10 nafar xodimlar mehnat faoliyati olib boradi.

  Hurmat bilan,

  Kapital qurilish, smeta va loyihalarni ekspertiza qilish boshqarmasi jamoasi

 

  Qo‘shimcha ma'lumotlar:

 

   “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan 2021-yilning I choragida amalga oshirilgan investitsion loyihalar hamda qurilish-montaj va modernizatsiya-rekonstruksiya dasturlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida ma'lumot

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/925

 

  Jamoatchilik e'tiboriga elektr energetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar keng yoritilmoqda (infografikali taqdimot)

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/901

  Elektr tarmoqlarining istiqbolli qurilish dasturlari shakllantirilmoqda

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/732

  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining 2021-yil birinchi yarimyillik hisoboti

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1179

 

  Muhandis-energetik Ravshanbek Arifovich Hasanov 70 yoshda!

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/684

 

  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2021-yilda davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma'lumotnoma

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/1148

  Energetiklar kuni arafasida soha vakillari munosib taqdirlanmoqda

   https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/630

 

https://t.me/ies_matbuot_kotibi/304

https://t.me/MARKAZ16Uz/13815

http://bugun.uz/67425

https://review.uz/oz/

https://kapital.uz/surhan

https://bit.ly/3kppyaI

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

Telegram kanaliga a'zo bo‘lish uchun   t.me/uzmetaxborotxizmati

>