Mehnat faxriylari
MUHANDIS-ENERGETIK RAVSHANBEK ARIFOVICH HASANOV 70 YOSHDA!
  • 15.01.2021
  • 847

  Hurmatli Ravshanbek Arifovich, qutlug‘ 70 yoshingiz muborak bo‘lsin!

  Siz energetika tizimida ko‘p yillardan beri salmoqli mehnat qilib kelmoqdasiz.

 1995-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligining “Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimdan mehnat faoliyatingizni boshlab, energetika tizimidagi loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari, “Elektrqishloqqurilish” tresti bosh muhandisi o‘rinbosari, “Markaziy MET” kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i hamda “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ kapital qurilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdingiz.

 

 

  Hozirgi kunda “O‘zbekiston MET” AJ kapital qurilish, loyiha va smetalarni ekpertiza qilish boshqarmasida yetakchi mutaxassis lavozimida yosh kadrlarga ustoz sifatida mehnat faoliyatingizni davom ettirmoqdasiz.

  Qayerda mehnat qilishingizdan qat'iy nazar, barcha ishlagan joyingizda katta mas'uliyatlikni, jonkuyarlikni, xodimlarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishni namoyish etdingiz va munosib hurmat-e'tiborga sazovor bo‘ldingiz.

  Siz qayerda, qanday lavozimda ishlasangiz ham, mehnatingiz samarasini bir maqsadga — energetika tizimini rivojlanishiga yo‘naltirmoqdasiz.

  Tavallud topgan kuningiz bilan yana bir bor  Sizni samimiy tabriklab, Sizga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilangizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilaymiz.

 

 

   Avaylab, o‘qitib munosib insonlar qilib voyaga yetkazgan ajoyib farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rib, baxtli oilangiz ustuni bo‘lib yurish Sizga nasib etaversin.

Jamoa nomidan,

 D. Isaqulov, “O‘zbekiston MET” AJ  boshqaruv raisi

>