Yangiliklar
BUGUNGI KUNNING DOLZARB MAVZUSI uzbekistonmet.uz veb-sayt SAHIFALARIDA
  • 06.12.2022
  • 221

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmatining faoliyatiga taalluqli umumiy ma'lumotlar:

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son qaroriga asosan Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 3-iyuldagi 29-sonli buyrug‘iga binoan «O‘zbekiston MET» AJ tarkibida Axborot xizmati tashkil etilgan;

✔️ Jamiyat boshqaruvi raisining 2019-yil 23-avgustdagi 66/k-sonli buyrug‘i bilan Axborot xizmati rahbari, ya'ni boshqaruv raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga Urunov Ulug‘bek Pulatovich tayinlangan;

✔️ Axborot xizmati rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining dastlabki suhbat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, bu haqda Jamiyat boshqaruvi raisi nomiga tavsiyanoma xati taqdim etilgan;

✔️ Axborot xizmatida Jamiyat shtat jadvaliga muvofiq bir nafar mutaxassis (xizmat rahbari) mehnat faoliyatini olib boradi, unga texnik ta'minot bo‘yicha yordamchilar, ya'ni veb-saytga ma'lumotlarni joylashtirish uchun «Energo–IT» filialining ikki nafar xodimi biriktirilgan;

✔️ Axborot xizmati rahbariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining attestatsiyasidan o‘tganligi to‘g‘risida 000010-sonli guvohnoma berilgan. PQ-4366-son qarorga muvofiq matbuot kotibiga maslahatchi maqomi berilgan bo‘lib, transport, tibbiy va ish haqi shartlariga ko‘ra boshqaruv raisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

✔️ «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy veb-sayti: uzbekistonmet.uz va uning ijtimoiy tarmoqdagi (Telegram, Facebook, Twitter, Instagram, Utube, Youtube) sahifalari barqaror faoliyat yuritmoqda.

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati (matbuot kotibi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ishchi guruhi, Monitoring markazi tomonidan taqdim etilgan materiallar tahlili, mediamakondagi negativ ma'lumotlarga tegishli tartibda munosabat bildirish amaliyoti muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

⇒ Shuningdek, elektr ta'minotidagi nosozliklar, ta'minotdagi uzilishlar, iste'molchilarning to‘lov majburiyatlari, to‘lov madaniyati yuzasidan targ‘ibot ishlarida elektr energiyasi iste'molchilari bilan bevosita ishlaydigan turdosh tashkilotlar: «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ faoliyatiga Axborot hamkori sifatida ko‘mak berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining muhim xabarlari ham tegishli tartibda «O‘zbekiston MET» AJning ijtimoiy tarmoq sahifalarida qayta e'lon qilinmoqda.

✔️ O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati tomonidan yangilanib boriladigan www.president.uz veb-saytidagi maqola va xabarlar Aksiyadorlik jamiyatining veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida qayta repost qilib borilmoqda. Shu bilan birga, muhokamadagi qaror loyihalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havolalar berilgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytining «Yangiliklar» ruknidagi maqola, e'lon va ma'lumotnomalarda huquqiy axborot (qonunchilikdagi yangiliklar) berib boriladi.

✔️ Bundan tashqari, Jamiyatning rasmiy telegram kanalida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” maxsus ilovasidagi sohaga taalluqli ma'lumotlar tez-tez qayta e'lon (repost) qilib turiladi.

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmonining mohiyati va ahamiyati, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytida «Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda» nomli yangi rukn tashkil etildi. Shuningdek, “Yoshlar siyosati” nomli yangi rukn orqali yoshlar siyosaiga oid ma'lumotlar berib borilmoqda.

✔️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy telegram kanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan 3 ta ISHONCH RAQAMI: Yagona telefon (Axborot xizmati) 71/236-6035; Ishonch raqami (jismoniy va yuridik shaxslar murojaati bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi raqami) 71/208-56-46; Devonxona (Ijro intizomini nazorat qilish va ishlarni yuritish boshqarmasi) 71/236-6226 telefon raqamlari ishlab turibdi.

✔️ 2021-yilda Call sentry raqami +998 (55) 500-5545 raqami ishga tushirildi va uning ish faoliyati uzbekistonmet.uz veb-sayti bilan integratsiyalashtirildi.

✔️ Jamiyatning veb-saytida «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda e'lon qilib borilmoqda.

✔️ Bundan tashqari, uzbekistonmet.uz veb-saytida bo‘sh ish o‘rinlariga salohiyatli kadrlarni jalb qilish hamda ishga qabul qilish jarayonini shaffofligini ta'minlash maqsadida “Onlayn rezyume” va “Onlayn maslahatchi” elektron dasturlari joriy qilingan.

Aksiyadorlik  jamiyat rasmiy veb-saytining barqaror faoliyati muhim ahamiyatga ega. Veb-sayt 4 ta til-grafika sahifalarida (o‘zbek tili kirill va o‘zbek tili lotin grafikasi, rus tili va ingliz tillarida) yuritilib, unda 9 ta rukn, 47 ta nimrukn, 1 ta O‘zbekiston Respublikasi xaritasi shaklidagi hududiy filiallar haqida batafsil ma'lumotlar joylashtirilgan infografika ma'lumotnomasi mavjud.

✔️ Magistral elektr tarmoqlari filiallari haqidagi ma'lumotlar (filial manzili, asosiy ish faoliyati, bog‘lanish uchun telefon raqamlari, filial rahbarining ism-sharifi) xarita shaklidagi infografikaga joylashtirilgan.

✔️ Ayni paytda veb-saytga joylashtirilgan ma'lumotlar soni 3100 dan ziyod bo‘lib, keng jamoatchilik uchun ochiq. Veb-saytda mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.

✔️  01.07.2022  — Ayni paytda elektr ta'minotida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar uzbekistonmet.uz sahifalarida

✔️  23.05.2022  — Elektr energiyasini tejash — undan oqilona foydalanish demakdir!

✔️  22.06.2021  — Energiya samaradorligi va tejamkorligi: toma-toma ko‘l bo‘lur...

✔️  12.11.2020  — Tongni yoritgan chiroqlar jilosi yoxud elektr energiyasi tejamkorligi va samaradorligi quruq gapmi?

✔️  20.05.2020 — Energiya samaradorligi va tejamkorligi masalasida mantiqiy yondashuv

✔️  13.05.2020  — Harakatni ilg‘ovchi moslamalar — energiya samaradorligi va tejamkorligi sari arzon va oson yo‘l

✔️  26.11.2019  — Dispetcher elektr ta’minotini uzmasa nima bo‘ladi? Tizimidagi yirik avariyalarning asosiy sabablari

✔️  11.11.2019  — Bugungi kun iste’mol madaniyati darajasi qay ahvolda?

✔️  26.09.2019  — Energiya tejamkorligi: dolzarb mavzuga maktab o‘quvchilari befarq emas!

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>