Yangiliklar
RADDIYA: “Podrobno.uz” axborot agentligining “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” MChJ xodimlarining murojaati yuzasidan e’lon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat
  • 02.03.2023
  • 303

2023-yil 27-fevral kuni “Podrobno.uz” axborot agentligi saytida “O‘zbekistonda 200 nafardan ortiq shifokorlar ishsiz qolishi mumkin” sarlavhali (статья под названием «В Узбекистане более 200 медиков могут остаться без работы») xabar e’lon qilingan edi. Maqolada Energetika vazirligi tasarrufida bo‘lgan va bir necha yillardan beri energetika sohasi xodimlariga xizmat qilib kelgan tibbiyot muassasasi, ya’ni uning binolari va hududi auksionda sotishga qaror qilingani, shu bois bu yerda ishlayotgan 261 nafar xodimning taqdiri qil ustida qolayotgani yozilgan. Ushbu xabar “Podrobno.uz” muxbiri  tomonidan faol jamoatchi — bloger Islom Kaparzo tomonidan e’lon qilingan videomurojaat havola berilgan holda nashr etilayotgani bildirilgan.

https://podrobno.uz/

Ma’lum qilamizki, 2023-yil 18-fevral kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati uzbekistonmet.uz sayti orqali yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan rasmiy tushuntirish bergan edi: “Rasmiy munosabat: Tibbiy muassasaning bugungi kundagi ta’sischisi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatidagi masala Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq”.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3546

 

Muassasaning tashkil etilish tarixiga bir nazar:

Toshkent tibbiyot-sanitariya boshqarmasi 1994-yil 5-yanvarda «O‘zbekgidroenergoqurilish» trestining 1-son buyrug‘i asosida, keyinroq O‘zbekiston Energetika va elektrlashtirish vazirligining 1994-yil 18-oktabrdagi 271-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Tibbiyot-sanitariya boshqarmasi avval poliklinika shakliga, 1995-yil aprel oyidan boshlab ambulator va statsionar davolash funksiyalariga ega bo‘lgan to‘laqonli tibbiyot muassasasi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirgan.

2001-yil 6-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrifikatsiya vazirligining 7-sonli buyrug‘i va “Toshkent elektr tarmoqlari” korxonasining 2001-yil 15-yanvardagi 15-sonli buyrug‘iga asosan “Toshkent elektr tarmoqlari” korxonasi tasarrufiga o‘tkazildi. So‘ngra «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasining 2004-yil 1-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i asosida mazkur tibbiy-sanitariya muassasasi «O‘zelekttarmoq» sho‘ba korxonasi balansiga o‘tkazilgan.

Tibbiyot muassasa tashkil etilgan kundan boshlab bugungi kungacha respublika elektr energetika sohasi xodimlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

2019-yilda «O‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi qayta tashkil etilib, uning korxonalari negizida 3 ta aksiyadorlik jamiyatlari (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati) tashkil etilgandan so‘ng mazkur tibbiy muasasa O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansga o‘tkazilgan.

Qayd etish joizki, Tibbiy-sanitariya muassasasi 2019-yil 1-fevralda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida hech qachon bo‘lmagan (Podrobno.uz axborot agentligi xabarida ta’kidlab o‘tilganidek).

Shu o‘rinda elektron nashr sahifalarida keltirilgan jumlaning haqiqatdagi holatga zid bo‘lgani qismiga e’tibor qaratmoqchimiz.

Iqtibos: “...Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, muammo Energetika vazirligi o‘zining ixtisoslashtirilgan poliklinikasini “Milliy elektr tarmoqlari” homiyligiga o‘tkazganidan keyin yuzaga kelgan. Va ularning rahbariyati, o‘z navbatida, binoni kimoshdi savdosiga qo‘yishga qaror qildi.”

Rasmiy munosabat: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–168-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida agentligining “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” muasasini MChJ — mas’uliyati cheklangan jamiyat shakliga o‘tkazib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga topshirdi va auksionda sotish bo‘yicha hech qanday qaror qabul qilmagan. Shu bilan birga, Davlatimiz rahbarining mazkur qarori talablari hamda Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlarining qarorlaridan kelib chiqib, bugungi kunda “O‘zbekiston MET” AJ tomonidan tibbiy-sanitariya muassasasi barqaror faoliyatini saqlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu jumladan, tibbiy-sanitariya muassasasi xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar asosida ish haqi to‘lovlari amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagilarni hisobga olib, “Podrobno.uz” axborot agentligidan mazkur nashr mazmuniga tegishli tuzatishlar kiritishni yoki ushbu masala yuzasidan alohida raddiya e’lon qilishni so‘raymiz:

“Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” muassasasi hech qachon O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga tasarrufida bo‘lmagan. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tibbiy-sanitariya muassasasini kimoshdi savdosida sotish bo‘yicha qaror qabul qilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–168-son qarorini bajarish maqsadida “Toshkent tibbiyot-sanitariya qismi” muassasi barcha mulk majmuasi bilan birga tegishli tartibda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga o‘tkazib berilgan.

 

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>