Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Tog‘li hududlardan o‘tgan 500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 05.03.2024
  • 63

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari  filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.
 
Misol uchun, ekin maydonlari va tog‘li hudulardan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ining favqulodda o‘chishini oldini olish maqsadida «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Havo liniyalar xizmati xodimlari tomonidan navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

«Qamchiq» dovonining Toshkent viloyati hududiga tutash qismi orqali o‘tgan, texnik-muhandislik nomi L-524 bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ini nazorat ko‘rigidan o‘tkazish jarayoni aks etgan fotolavlalar.

⚡️ Ma’lumot o‘rnida: Toshkent viloyatidagi barcha podstansiyalarda mavjud transformatorlarning yuklamasi, yog‘ sathi va tarkibi, himoya tizimining sozligi hamda boshqa texnik-muhandislik ko‘rsatkichlari doimiy nazoratga olingan.

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>