2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Eng kо'p beriladigan savollar
Eng kо‘p beriladigan savollar
  • 12.06.2025
  • 30

1. SAVOL: Nega bizda chiroq yo‘q? Pulini to‘laganman? Hisobimni ko‘rib bera olasizmi?

JAVOB: Hurmatli fuqaro, Sizning so‘rovingiz turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining vakolatlari doirasiga kiradi.

MAʼLUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35-110-220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

‼ Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.

⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

 het.uz – rasmiy veb-sayti

Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

Facebook – Hududiy электр тармоқлари

Call centre: 1154

Qo‘shimcha maʼlumot: Elektr tarmoqlarida isteʼmolning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.


2. SAVOL: Men dispetcher bilan bog‘lanmoqchiman? Milliy dispetcherlik markazi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan.

Markaz Energetika vazirligi tuzilmasiga kiradi. Energetika vazirligi Markazning muassisi hisoblanadi. Uning tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi mintaqaviy boshqarma va hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan va Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar asosida amalga oshiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 mart sanasida “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

Manba: https://www.lex.uz/docs/6058685


3. SAVOL: Gaz taʼminoti korxonasi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ. Veb-sayt: https://hududgaz.uz/

“Hududgazta‘minot” aksiyadorlik Gaz taʼminoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. “Hududgaztaʼminot” AJ https://hududgaz.uz/

Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks : 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85


4. SAVOL: Energetika vazirligi bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?

JAVOB: Hurmatli fuqaro, Energetika vazirligi bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Telefon: (998 71) 231-1661.(7046)

Devonxona: (998 71) 236-2708.

MUROJAATLAR BO‘YICHA: 71-231-8118

Elektron pochta: info@minenergy.uz 
Ish grafigi: 
dushanba– juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

Energetika vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi

Tel:  +99877  070-12-32

Platforma:  https://energymarket.uz/


5. SAVOL: Bo‘sh ish o‘rinlariga qanday qilib hujjat topshirsam bo‘ladi? «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga ishga kirish uchun qanday talablar mavjud?

JAVOB: Assalomu alaykum! Hurmatli fuqaro! Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi kadr_nes@uzbekistonmet.uz elektron pochtasiga rezyume-maʼlumotnomangizni yuborishingiz lozim.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz

Tashkilotimiz magistral elektr tarmoqlari yo‘nalishi bo‘yicha (elektr energetika tarmog‘ida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-sozlash ishlari) faoliyat olib borgani bois, aksariyat nomzodlar uchun oliy taʼlim muassasalarining energetika yo‘nalishini bitirgan bo‘lishi talab etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni ochiq va shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har safar bo‘sh ish o‘rinlari haqida eʼlonlar rasmiy veb-saytimiz hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etilganidan so‘ng to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etamiz.

Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi. Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar eʼlon qilingan talablarga mos kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi va bu haqda uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida qo‘shimcha eʼlon beriladi. Shundan so‘ng Ishga qabul qilish komissiyasi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Komissiya tomonidan rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etadi va ishga qabul qilinadi.

Hurmat bilan,

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida doimiy ravishda eʼlon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10 sanasigacha Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz rasmiy veb-saytida «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan.

Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/appeal/resume

Hurmat bilan,

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

 

 

✅ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining choraklik va har oyda yangilanib boradigan maֹʼlumotlarini O‘zbekiston Respublikasi ochiq maʼlumotlar portali orqali kuzatib boring!

«Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

‼️ Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.

YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615; 71-208-5670.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz/

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz

 

️ «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

  t.me/uzmetaxborotxizmati